Talabalar malakaviy amaliyot doirasida Ajiniyoz muzeyida bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari malakaviy amaliyot kunlari doirasida institutda tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyida bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar bilan tanishdi.

Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Saribay Dosmaganbetov talabalarga muzeyni tashkil etish bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur muzey 2024-yil 16-iyul kuni qabul qilingan “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, muzeyga tashrif buyurgan har bir kishi Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining hayoti va ijodi, shuningdek, institut tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Tadbir davomida Saribay Dosmaganbetov muzeyga “Amudaryo” jurnalining Ajiniyoz bobomizning yubileyiga bag‘ishlangan soni, shuningdek, ota-bobolarimiz tomonidan foydalanilgan maishiy buyumlarni topshirdi.

Malakaviy amaliyot davomida talabalar muzey va Ajiniyoz shoir haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.