NukusDPIda “STUDENTS CUP – 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashkil etilganining 120 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda keng targ‘ib qilish maqsadida “STUDENTS CUP – 2025” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda har bir fakultetdan ishtirok etayotgan jamoalarga O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Muratbay Nizanovning “Oshiq bo‘lmagan kim bor?”, Ulug‘bek Hamdamning “Ota” asarlaridan, shuningdek, mantiqiy savollar berilib, talabalarning kitob o‘qishi, bilimi, zukkoligi sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov yakunida:

1-o‘rin – “Tarbiyachi” guruhi (Maktabgacha ta’lim);

2-o‘rin – “Gorkiy” guruhi (Turkiy tillar);

3-o‘rin – “Respect” guruhi (Boshlang‘ich ta’lim)ga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.