Yangi o‘quv yiliga qabul jarayonini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi

Bugun, 29-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yiliga qabul jarayonini yuqori darajada tashkil etish va qabul komissiyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut rektori, qabul komissiyasi raisi Quvondiq Qodirov olib bordi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida har yili 5-iyun sanasidan respublika oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish niyatida bo‘lgan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanishi, ushbu jarayonni samarali tashkil etish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi, uning tegishli o‘rinbosarlari va mas’ul mutaxassislar biriktirilib, ularning bajaradigan vazifalari tushuntirildi.

Institutda yangi o‘quv yiliga qabulni tashkil etish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.