Institutda “Ma’rifat karvoni” doirasida seminar-treningi tashkil etildi

Bugun, 31-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat karvoni” doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ilmiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida dastlab Islom sivilizatsiyasi markazi mega loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi Abdurasul Yaxshiboyev, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mahfuza Yuldasheva, Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalariga biriktirilgan hududlardagi mas’ul olimlar, loyihaning ilmiy rahbarlari, mutaxassislar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 