Bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – bu bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga olam-olam quvonch ulashadigan muhim bayramdir. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi ushbu sanani har yili o‘zgacha e’tibor bilan, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlaydi.
Sana munosabati bilan institutda bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbirda institut rektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarimizning bayrami yurtimiz bo‘ylab yuqori tashkilotchlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidlab, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.
Bayramda institutda faoliyat yuritayotgan texnik soha xodimlarining farzandlariga quvonch va bayramona kayfiyat ulashish maqsadida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 