Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasining ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti matematika o‘qitish metodikasi kafedrasining “Matematikaning nazariy va uni o‘qitishdagi muammolari” mavzusidagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.
Seminarda dastlab kafedra mudiri, professor Barliqbay Prenov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxtar Ibragimov so‘zga chiqib, yaqindagina 78 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekiston milliy universiteti matematik analiz kafedrasining professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Sa’dullayevning hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Akademikning fidokorona xizmatlari haqida tayyorlangan hujjatli film ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
Shundan so‘ng ilmiy seminar matematika o‘qitish metodikasi kafedrasining dotsenti Muxtar Ibragimovning ilmiy ma’ruzasi bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 