Institutda davlat attestatsiya imtihonlari davom etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalarining davlat attestatsiya imtihonlari joriy yilning 2-iyun kunidan buyon davom etmoqda.

Imtihonlarning belgilangan talablarga mos ravishda adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida institut rektorati va tegishli bo‘limlar tomonidan nazorat ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, joriy o‘quv yilida Nukus davlat pedagogika institutida bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 100, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 181 talaba, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 144 magistrant bitirib chiqishi kutilmoqda.

Institutda davlat attestatsiya imtihonlari 10 iyungacha davom etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.