Namunali bitiruvchi talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi

Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yili yakuniy bosqichga kelib, davlat attestatsiya imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutini joriy o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 100, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 ming 181 talaba, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 144 magistrant bitirib chiqishi kutilmoqda.

Ular orasida respublika va xalqaro musobaqalar, tanlovlar va fan olimpiadalari, davlat stipendiyalari tanlovlari g‘oliblari, o‘quv va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatayotgan ko‘plab yoshlar bor.

Institut rektorati va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan ana shunday faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.