Talaba-yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan musobaqada barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etib, “CS2” bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti;

2-o‘rin – Fizika-matematika fakulteti;

3-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalariga nasib etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.