NukusDPIning “Sahro bulbullari” jamoasi “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 11-13-iyun kunlari Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan turnirning yakuniy bosqichida respublikamizning turli hududlaridan jami 18 ta jamoa mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati va dolzarb ijtimoiy muammolar bo‘yicha o‘zaro bahs olib boradi.
Ahamiyatlisi, ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Jamoamiz tarkibi Boshlang‘ich ta’lim fakultetining 4-kurs talabalari Durdona Tolibayeva va Sevara Yusupova hamdaTarix fakultetining 2-kurs talabasi Jasurbek Nurullayevlardan iborat.
Ayni paytda institutimiz jamoasi saralash bosqichidan o‘tib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
Institutimiz yoshlariga turnirda omad tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 