NukusDPIda bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 9-iyun kunidan boshlab Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maktabgacha ta’lim fakultetini joriy o‘quv yilida jami 206 nafar talaba bitirib chiqishi kutilayotgan bo‘lib, ulardan 169 nafar talaba davlat attestatsiya imtihonlarini topshirdi.

– Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 37 nafar talaba bitiruv malakaviy ishini himoya qilishga yuborildi. Joriy yilda institutimiz rektorati bilan hamkorlikda bitiruv malakaviy ishlari sifatini oshirish maqsadida tegishli ishlarni amalga oshirdik. Himoya tadbirlari 13-iyungacha belgilangan jadval asosida yuqori tashkilotchilik bilan davom etadi, – deydi fakultet dekani Muhabbat Allambergenova.

NukusDPI matbuot xizmati.