NukusDPI talabalari akademik mobillik asosida o‘qishini Malayziyada davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Malayziyaning Lincoln University College o‘quv yurti bilan bakalavriatning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ygan edi.
Ushbu dastur doirasida institut talabalari o‘qishini akademik mobillik asosida davom ettirish maqsadida xalqaro bo‘lim metodisti A.Bimbetov rahbarligida Kuala-Lumpur shahriga yuborildi.
Dastlab Lincoln University College o‘quv yurti mas’ullari va professor-o‘qituvchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida institut talabalari G.Qashqinbayeva, Sh.Abdikamalova, A.Ismaylova va M.Qarjaubayevalarning akademik mobillik doirasidagi o‘qishi boshlandi.
Ushbu tashabbuslar yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini kengaytiradi, balki yangi madaniyat va muhit bilan tanishish, do‘stlar orttirish, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, kelgusida xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Malayziyaning oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha shartnoma va memorandumlar imzolagan edi.
NukusDPI matbuot xizmati.


Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x8c97c7da

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0xfa27bbf2

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x1f7d625b

??????????????????????????????????????????????????????????