“Dolzarb 90 kun” doirasida mahalla bolalari uchun sport to‘garagi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Nukus shahridagi mahallalar bolalari uchun futbol to‘garagi tashkil etildi.
– Institutimiz atrofida joylashgan “Qumbiz ovul”, “Yosh avlod”, “Ko‘k o‘zak” va boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida ayni paytda maktab yoshidagi bolalar yozgi ta’til davrini o‘tkazmoqda. Albatta, biz ularning sportga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, Sport vazirligi va sport mahorati maktablari bilan hamkorlikda to‘garak tashkil etyapmiz. Bu yerda bolalar millionlar o‘yini bo‘lgan futbol bilan shug‘ullanadi, – deydi institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov.
Institutning yangi ochilgan sport maydonida mahalla bolalari sport mahoratini oshirib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 