Ijodkor yoshlar – institutimiz faxri

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Quvondiq Qodirov Boshlang‘ich ta’lim fakultetining ijodkor talaba-yoshlari va ularning ustozlarini qabul qildi.

Ushbu fakultetning 2-kurs talabasi Shaxsanem Nizamatdinova “Euro Study Edu” ilmiy-ma’rifiy markazining maqolalar tanlovida o‘zining uchta maqolasi bilan qatnashib, “Vatan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan, 2-kurs talabasi Gulnur Babaniyazova “Ustoz yo‘li” gazetasi tomonidan tashkil etilgan “Jahon menga havas qilib qarasin” mavzusidagi respublika tanlovida g‘olib bo‘lib, “Umid chirog‘i” ko‘krak nishoni bilan, shuningdek, 2-kurs talabasi Nigora Paluanbayeva “Center for Advanced Studies” markazining maqolalar tanlovida g‘olib bo‘lib, “Scientific Researcher” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Rektor ijodkor yoshlar bilan suhbatlashib, ularning yutuqlari bilan tabrikladi va kelgusi o‘quv va ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.