“Dolzarb 90 kun”: Yosh oilali pedagog xodimlar o‘rtasida tanlov bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yosh oilali pedagog xodimlar o‘rtasida “Farovon oila sari” shiori ostida tanlov tashkil etildi.
O‘zaro ahil, mustahkam, totuv va sog‘lom oilalarni rag‘batlantirish hamda yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tanlovda Boshlang‘ich ta’lim, Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlaridan yosh oilali o‘qituvchilar, pedagog xodimlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Qiziqarli savol-javob, pazandalik mahorati va jismoniy tayyorgarlik kabi bir necha shartlar asosida o‘tgan tanlov yakunida ishtirokchilarga diplom hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.

