Talabalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘rtoqlik o‘yinlari tarzida tashkil etilgan musobaqada talabalar jismoniy imkoniyatlari hamda tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdi.
Albatta, bunday musobaqalar yuqori mahoratga ega talabalarni aniqlash bilan birga yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Institutda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
