Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi tomonidan “Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyada respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, fakultet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish plenar majlisida milliy tarbiya jarayonida bolalarning ma’naviy, axloqiy xususiyatlarini shakllantirish, pedagogik ta’limda talabalar bilan ishlashning innovatsion metodlari, qoraqalpoq xalq pedagogikasida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash namunalari, bo‘lajak logopedlarni logoritmika mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish, autizm spektri buzilgan bolalar bilan ishlashning yangi yo‘nalishlari, rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonlarni rejalashtirish kabi masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyada maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi va tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.