“Dolzarb 90 kunlik” doirasida “Kino kuni” tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan yoshlarning madaniy dam olishini ta’minlash maqsadida “Kino kuni” tadbiri o‘tkazilib, yurtimiz kino san’ati ustalari tomonidan tayyorlangan badiiy film talabalar e’tiboriga havola etildi.