“Biz – zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Bekchanova tashabbusi bilan talaba-qizlarga tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik harakatlarining oldini olishga qaratilgan “Biz – zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Turkiy tillar va Fizika-matematika fakultetlarining 1-3-kurs talaba-qizlari, institut psixologi Guljamal To‘reniyazova, xotin-qizlar psixologi Elmira Gulimbetova, fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida psixolog G.To‘reniyazova talabalarga maqsadlarni to‘g‘ri belgilash, ularga erishish yo‘llari, bilim olishda inson psixologiyasining xususiyatlari va shaxsiy rivojlanishda ilmning roli haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida xotin-qizlar psixologi E.Gulimbetova tomonidan psixologik treninglar o‘tkazildi.

NukusDPI matbuot xizmati.