Iste’dodli shoir Baxitli Saribayev bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida iste’dodli shoir Baxitli Saribayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Mushoira” klubi a’zolari bo‘lgan talaba-yoshlar va tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirda shoir hozirgi vaqtda yurtimizda ijodga qiziqadigan, adabiyotning she’riyat, nasr va drama kabi janrlarida qalam tebratadigan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berib, o‘zining ilk yozgan she’rlari, adabiyot maydoniga kirib kelishi, ustozlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, siyohi qurimagan yangi ijod namunalarini o‘qib berdi.

Yoshlarga ijod yo‘lida tinimsiz mehnat qilib, ko‘p asarlar, kitoblar o‘qishi kerakligi haqida maslahatlar berdi.

Uchrashuv savol-javoblar va fikr-mulohazalar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.