Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari xalqaro tanlovda yuqori natijalarga erishdi

Rossiya Federatsiyasi Kuban davlat universitetida “Ijtimoiy pedagogika va deviant xulq-atvor psixologiyasi” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan, shuningdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talaba-yoshlari o‘zlarining ilmiy hamda ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.
Xalqaro tanlov yakunida “Ijtimoiy-pedagogik esse” yo‘nalishi bo‘yicha Dilyafruz Kungratbayeva 2-o‘rin, “Ijtimoiy-pedagogik videorolik” yo‘nalishi bo‘yicha Tumaris Paxratdinova va Go‘zzal G‘ayipbayeva 2-o‘rin, shuningdek, Maftuna Sag‘datdinova va Go‘zzal G‘ayipbayeva 3-o‘rin, “Ijtimoiy-pedagogik plakat (reklama)” yo‘nalishida Hurliman Sharapatdinova 3-o‘rinni egallab, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Shunday qilib, jami 11 nafar talaba bilan ishtirok etgan Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tanlov yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Talabalarga tanlov jarayonida boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Timur Baynazarov rahbarlik qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.