“Dolzarb 90 kun” doirasida “Kitobxon – pedagog” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kitobxon – pedagog” tanlovi tashkil etildi.
Test va suhbat shaklida o‘tkazilgan tanlovda Maktabgacha ta’lim fakultetining talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tanlovning ochilishida axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova so‘zga chiqib, tanlovning maqsadi va ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Bosh kutubxonachi Z.Auezova ishtirokchilarga tanlov shartlarini tanishtirdi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tanlov pedagogik ta’lim-tarbiya, psixologiya va kitobxonlik mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, talaba-yoshlarning bilimlari va o‘qigan asarlarini tushunish darajasini baholashga xizmat qiladi.
