Matematika bo‘yicha fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar rag‘batlantirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan 2024-2025-o‘quv yili davomida respublika va xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechada institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ibragimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi P.Kalxanov, kafedra mudiri, professor B.Prenov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quv yili davomida Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS-2025), Xorazm viloyatining Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi III Xalqaro matematika olimpiadasi, shuningdek, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari va institut miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarimizni faxr bilan e’tirof etdi.

Shunday umidli yoshlarimizga diplom va sovg‘alar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.