“Dolzarb 90 kun”: Iqtidorli talabalarning ko‘rgazmasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari tomonidan ishlangan tasviriy san’at namunalari joy oldi.
Fakultet talabalari tengdoshlari ishlagan kartinalarni tomosha qilib, madaniy zavq olishdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
