Ommaviy axborot vositalari xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchi jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan tabrikladi va ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram kechasida mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida, jumladan, institutda amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohotlar natijalarini xalqimizga yuksak ijodiy mahorat bilan yetkazishda fidokorona xizmat qilayotgan jurnalistlar, texnik xodimlar, blogerlarga institut rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoat shartnomasi asosida bayram sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
O‘z navbatida, ijodkor kasb egalari bayram arafasida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor uchun institut jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
