Diqqat, diqqat! NukusDPIda davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari va institut miqyosidagi Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini e’lon qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalari va magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs magistrantlari, Navoiy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov davlat stipendiyalari tanlovida barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalar, institut miqyosidagi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li stipendiyasi tanlovida barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-3-4-kurs talabalari, magistratura mutaxassisliklarining 2-kurs magistrantlari va akademik litseyning 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida tarix va geografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etadi.
Nomzodlarning hujjatlari quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1) HEMIS tizimidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (transkript) tasdiqlangan shaklda;
2) Dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
3) Ilmiy rahbarning xulosasi;
4) Ilmiy ishlari ro‘yxati tasdiqlangan shaklda;
5) Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari;
6) Talabalik davrida erishilgan qo‘shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat);
7) Pasport nusxasi;
8) Fotosurat 3×4 sm o‘lchamda 2 dona, 6×8 sm o‘lchamda 1 dona;
9) Ma’lumotnoma (obyektivka).
Eslatma: Hujjatlar qog‘oz shaklida jildga solingan holda qabul qilinadi.
Hujjatlar joriy yilning 28-iyun kunidan 15-iyul kuniga qadar institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +998913878744, +998906533178.
NukusDPI matbuot xizmati.