Institut Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 28-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni institut rektori Quvondiq Qodirov olib bordi.

Kengash majlisi kun tartibiga muvofiq, tanlov ishlari, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari, talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan taklif hamda arizalarning ko‘rib chiqilishi, 2024-2025-o‘quv yilining yakunlari, 2025-yilning yanvar-iyun oylari oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish rejasining bajarilishi, 2024-2025-o‘quv yilida talabalarning malakaviy pedagogik amaliyoti yakunlari, ilmiy unvonlarga talabgor professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish, shuningdek, joriy masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.