Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

Hurmatli, yurtimiz yoshlari!
Yurtimizning ertasi, mamlakatimizning yorqin kelajagi, xalqimizning ishonchi, jamiyatimizning asosiy kuchi – bu Sizlarsiz!
Kelajagini o‘ylagan har qanday davlat birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga, ularning unib-o‘sishi, voyaga yetishiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, yangilanishlar – bularning barchasi Sizlarning ilmli, bilimli, intellektual, ilg‘or fikrli, jismonan va ma’nan yetuk avlod bo‘lib yetishishingiz uchun qilinayotgan strategik harakatlardir.
Birgina oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida bugungi kunda yoshlarimiz orasida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan talabalar soni yil sayin ortib bormoqda.
Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishi uchun ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ijobiy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mana shunday sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zingiz va yurtimiz kelajagi uchun katta intellektual salohiyat to‘plab, o‘z ustingizda tinimsiz ishlab, bilimlaringizni oshirib borsangiz – Siz albatta, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Hurmat bilan,
Quvondiq Qodirov,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori.