Xushxabar! NukusDPI magistranti, iste’dodli baxshi O‘tkirbay Azirbayev “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2025-yil 20-iyundagi qaroriga muvofiq, har tomonlama faol va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan yurtimiz yoshlari qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligining 1-kurs magistranti, iste’dodli baxshi O‘tkirbay Azirbayev “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Nukus tumani yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan yangicha formatdagi uchrashuvida tantanali ravishda topshirildi.
Institutimiz magistranti O‘tkirbay Azirbayevni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.