Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, baxtsiz hodisalarning oldini olish, kasb kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha Manzilli dasturda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha texnik inspektori B.Utepbergenov, bosh mutaxassisi S.Urazimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha texnik inspektori M.Tajetdinov, shuningdek, institutning tegishli mutaxassislari xodimlarga yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va ahamiyati, xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida keng tushunchalar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.