Xushxabar! NukusDPI metodisti, yurtimizning umidli yoshlaridan biri Yerniyaz Qasimov “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2025-yil 23-iyundagi qaroriga muvofiq, har tomonlama faol va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan yurtimiz yoshlari qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining metodisti, bilimli va iqtidorli yoshlarning lideri, umidli yoshlarimizdan biri Yerniyaz Qasimov “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Taxtako‘pir tumani yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan yangicha formatdagi uchrashuvida tantanali ravishda topshirildi.

Institutimiz metodisti Yerniyaz Qasimovni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, yoshlar bilan ishlash va ularni yuqori natijalarga yo‘naltirishdagi kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.