Xushxabar! NukusDPI talabasi Bahrom Allakuatov matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 26-29-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti tomonidan akademik Azimboy Sa’dullayev xotirasiga bag‘ishlangan “SIMO-2025” (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Matematika olimpiadasida respublikamizning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 150 ga yaqin bilimli talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Umumiy 6 talaba bilan qatnashgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi ham fan olimpiadasida yaxshi natijalarga erishdi.
Xususan, institutimizning Fizika-matematika fakulteti matematika va informatika ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Baxram Allakuatov “SIMO-2025” (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro fan olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Institutimiz talabasi Baxram Allakuatov va uning ustozlarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.
