Xorijiy adabiyotning eng mashhur asarlari haqida yoshlar bilan fikr almashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Xorijiy kitoblar olamiga sayohat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Axborot-resurs markazining xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda bo‘lim boshlig‘i Rita Amanbayeva, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Muhabbat Allambergenova, tyutor Guljahan Artikova, fakultetning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar xorijiy adabiyotning dunyoga mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlari haqida ma’lumot berdi.
Mashhur romanlar, bestseller asarlar haqida fikr almashildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
