NukusDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8-11-iyul kunlari o‘tkaziladi (imtihon jadvali)

2025-2026-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-yilning 8-11-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

– o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashish ruxsatnomasini yuklab olishi;

– ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishi so‘raladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvalini yuklab oling

NMPI kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar kestesi 2025-2026-oqıw jılı

NukusDPI matbuot xizmati.