NukusDPIda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn rejimda kuzatib borishingiz mumkin

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun quyida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlarining tegishli birini tanlashingiz kerak.

60110600 – Musiqa ta’limi

60111200 – Jismoniy madaniyat

60111500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Eslatib o‘tamiz, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar 2025-yilning 8-11-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

NukusDPI matbuot xizmati.