Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Sertifikatlar ro‘yxati