Yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltiruvchi tanlov o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Badiiy o‘qish” tanlovi tashkil etildi.

Talaba-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, nutq madaniyati va badiiy o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar badiiy asarlardan parchalar o‘qidi.

– Mazkur tanlov orqali talabalar badiiy asarlarning mazmuni bilan tanishib, ularni chuqur tushunishi va so‘z boyligini oshirishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari hamda ta’sirchan nutq mahoratini oshirib borishi asosiy maqsad qilib olingan, – deydi tanlov tashkilotchisi, axborot-resurs markazi bosh kutubxonachisi Z.Auezova.

Tanlovda Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutori A.Serimbetov boshchiligidagi talabalar faol ishtirok etib, o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotining mashhur asarlaridan parchalar o‘qidi.