NukusDPI o‘qituvchisi Xitoyda malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti assistent-o‘qituvchisi Arzayim Naurizbayeva Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan pedagogika universitetida tashkil etilgan malaka oshirish va madaniy almashinuv dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur ishtirokchilari dastlab universitetda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng universitet mas’ul rahbarlari va professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, kelgusida ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
