“Dolzarb 90 kun” doirasida “Talabalar kino kunlari” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti tomonidan talabalarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Talabalar kino kunlari” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli rejissyor Bauetdin Baymurzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri aktrisasi Gulsara Jumaniyazova, fakultet dekanati vakillari, tyutorlar, shuningdek, qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda mehmonlar qoraqalpoq kino san’ati tarixi, bugungi davrdagi rivojlanish bosqichlari, badiiy va hujjatli filmlarni suratga olish jarayonlari haqida yoshlarga keng ma’lumotlar berdi. 

Yoshlar kino san’ati hamda industriyasi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.