NukusDPI talabasi xalqaro fan olimpiadasida faxrli o‘rinni egalladi

Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida joylashgan L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida chizma geometriya fanidan VII Xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro fan olimpiadasida MDH davlatlarining ko‘plab oliy ta’lim muassasalari qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, fan olimpiadasi yakunlari bo‘yicha institutimiz talabasi Odilbek Aminov faxrli 3-o‘rinni egallab, diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, fan olimpiadasida faol ishtirok etgan 2-kurs talabalari M.Aldabergenov, M.Seytnazarova, 1-kurs talabasi B.Maqsetbayevlar sertifikat bilan taqdirlandi.
Talabalarni xalqaro fan olimpiadasiga tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining assistent-o‘qituvchisi Aybek Alauatdinov tayyorladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
