Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha apellyatsiya berish tartibi haqida

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida qabul qilinadi.
2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining apellyatsiya komissiyasi tomonidan institutning 2-son o‘quv binosi (Tabiiy fanlar fakulteti) sport zalida qabul qilinadi.
Yana bir bor eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.