Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Bugun, 9-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

Jumladan, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishining qoraqalpoq, o‘zbek, rus guruhlari hamda Ellikqal’a pedagogika fakultetiga qabul uchun abituriyentlar chizmachilik fanidan imtihon topshirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.