Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni: Musiqa ta’limi

Bugun, 9-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

Xususan, musiqa ta’limi yo‘nalishining qoraqalpoq va o‘zbek guruhlariga qabul uchun cholg‘u ijrochiligi va ijro mahorati, musiqa nazariyasi va solfedjio fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.