Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari jamoatchilik nazoratida

Xabaringiz bor, 8-iyul kunidan boshlab Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jismoniy madaniyat, musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan imtihonlarning belgilangan talablar asosida adolatli va shaffof o‘tishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlardan biriktirilgan vakillar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Deputatlar abituriyentlarning imtihon topshirishi, o‘z qobiliyatlarini, tayyorgarliklarini namoyon etishi, shuningdek, ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tashkiliy ishlarga yuqori baho berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.