Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning to‘rtinchi kuni: Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida amaliy imtihonlar davom etmoqda

Bugun, 11-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

Imtihon dasturiga ko‘ra, ertalab jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining o‘zbek hamda qozoq guruhlariga qabul uchun abituriyentlar 100 metr va 1 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bugun, 11-iyul kuni yakunlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.