Nukus davlat pedagogika instituti rektori tayinlandi

Bugun, 12-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga Ubbiyev Alisher Taiirovich tayinlanganligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, Alisher Ubbiyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
NukusDPI matbuot xizmati.