Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri institutga tashrif buyurdi

Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tegishli mutasaddilar va institut pedagogik jamoasi ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ochiq muloqot davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Alisher Ubbiyev institut jamoasiga tanishtirildi.
Shundan so‘ng vazir Hilola Umarova institutda Prezident qarori asosida ochilgan Ajiniyoz muzeyi bilan tanishdi hamda institut qoshida tashkil etilgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdi.
Bu yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida klaster usulida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, foydalanishga topshirish arafasida turgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
