Institut jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida Shumanay tumanida konsert tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Shumanay tumanida konsert dasturi tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq tumandagi “EkoPark” dam olish markazida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi va madaniyat bo‘limi vakillari, institutning musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “To‘maris” xalq ansambli a’zolari va iqtidorli talabalar, tuman aholisi ishtirok etdi.

Madaniy-ko‘ngilochar yo‘nalishda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etib, tuman aholisi, jumladan, yoshlar ko‘ngliga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Konsert davomida tumanda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bir nechta tanlov va musobaqalar g‘oliblari rag‘batlantirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.