«To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti»ga nomzod talabalar va magistrantlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi PQ-149-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha 2025-yilning 14-iyul kunidan boshlab institutning rasmiy veb-sayti – https://ndpi.uz saytida 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha «To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti»ga nomzod talabalar va magistrantlar uchun «Ijtimoiy faollikni aniqlash» bo‘yicha eng sara 100 ta badiiy adabiyotlarni o‘qiganligini aniqlash maqsadida test sinovlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Nomzod talabalar va magistrantlar institut rasmiy veb-saytidagi https://grant.ndpi.uz havolasi orqali kirib, belgilangan badiiy adabiyotlar orasidan tegishli 12 ta adabiyotni tanlab, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Bunda har bir tanlangan badiiy adabiyot bo‘yicha 5 tadan – jami 60 ta savol beriladi. Nomzod talabalar va abituriyentlar ushbu savollarga javob berish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.
Har bir savolga 1 daqiqadan, jami 60 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javobga 1/3 ball qo‘yiladi, maksimal 20 ball beriladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, eng sara 100 ta badiiy adabiyotlarni qo‘shimcha o‘qib tanishmoqchi bo‘lgan nomzod talabalar va magistrantlar uchun institut bosh binosi 2-qavatida joylashgan axborot-resurs markazining o‘quv zalida adabiyotlar joylashtirilganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlaridan olishingiz mumkin.