“Dolzarb 90 kun”: NukusDPI pedagog xodimlari uchun Buxoroga sayohat tashkil etildi

Joriy yilning 12-14-iyul kunlari oralig‘ida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh pedagog xodimlari uchun “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda rektorati o‘rtasida tuzilgan jamoat shartnomasi bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan sayohat davomida pedagog xodimlar shaharning tarixiy-me’moriy obidalari va ziyoratgohlarida bo‘lib, katta taassurotlar olib qaytishdi.
